An’anaga ko‘ra, bugun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oqituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar va o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi.
Bog’ markazida o’rnatilgan Hazrat haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 583-yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Unda Navoiy hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi o’rni xususida fikr yuritildi.
Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda g’azal va ruboiylaridan namunalar o’qildi. Musiqali drama teatr san’atkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’ydi.
Sanaga bag’ishlangan tadbir viloyat musiqali drama teatrida "Nazm va navo" ma’rifiy tadbiri, kontsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.