w w w . s a m a r k a n d . u z

Narpay tumaniga hokim tayinlandi

Narpay tumaniga hokim tayinlandi

Bugun хalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat rahbari shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Boliyev Anvar Begimovichni Narpay tumani hokimligiga tavsiya etdi.
Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Adiz Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda yangi rahbar faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Kiritilgan vaqti: 01/11/2025 14:11.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/narpay-tumaniga-hokim-tayinlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing