w w w . s a m a r k a n d . u z

Nara prefekturasi gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Nara prefekturasi gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Yaponiyaning Nara prefekturasi gubernatori Makoto Yamashita o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.
Adiz Boboyev Yaponiya ilmiy tadqiqotlar sohasida yetakchi davlatlar qatorida ekanligini, sanoat sohasiga innovatsiyalarni joriy qilishda katta tajriba to‘plaganini alohida ta’kidladi. - Bu tajribadan foydalanish va hamkorlikda ishlash hududlarimiz uchun foydali bo‘ladi. Samarqand viloyati hokimligi hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, xususan, to‘qimachilik, farmatsevtika, metallurgiya va elektrotexnika sanoatini, shuningdek, ta’lim va turizm sohalarini har tomonlama rivojlantirishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirilishidan manfaatdordir,-dedi Samarqand viloyati rahbari.
Makoto Yamashita bildirilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. - Amalga oshiriladigan hamkorligimiz ikki hudud uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman. Samarqandda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda naralik tadbirkorlar ham faol ishtirok etish niyatida,- dedi Makoto Yamashita.
Uchrashuvda hududlararo hamkorlikni yanada faol rivojlantirish yuzasidan o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 25/07/2025 20:05.   Ko‘rilganligi: 34
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nara-prefekturasi-gubernatori-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing