w w w . s a m a r k a n d . u z

Mustaqillik bayrami arafasida Samarqand shahrida ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami arafasida Samarqand shahrida ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi

Har yili Mustaqillik bayrami arafasida yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi an’anaga aylangan. 

Bu yil ham shunday bo‘ldi. Samarqand shahridagi “Darg‘om” mahallasi hududida joylashgan 4-son DMTTning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Uning ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu ta’lim maskani umumiy qiymati 5 mlrd 850 mln so‘m evaziga pudratchi tashkilot “Mardi Bunyodkor Qurilish” MCHJ tomonidan 150 o‘rinli qilib foydanishga topshirilmoqda.
Ta’lim muassasasi binosi 3 qavatli bo‘lib, 5 ta guruh, zamonaviy oshxona hamda yozgi sog‘lomlashtirish ayvonlaridan tashkil topgan.
Shu kuni mazkur mahalladagi yana bir 90-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi. Tadbirkor Anvar Temirovning tomonidan 5 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ evaziga 270 o‘rinli yangi bog‘cha barpo etildi.
Ushbu ta’lim muassasasi binosi barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy ko‘rinishda bo‘lib, 2 qavatli, 9 ta guruh, zamonaviy musiqa zali va oshxona hamda yozgi sog‘lomlashtirish ayvonlaridan iboratdir.
Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar mazkur ta’lim muassasasi binosida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Kiritilgan vaqti: 30/08/2025 20:59.   Ko‘rilganligi: 74
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/mustaqillik-bayrami-arafasida-samarqand-shahrida-talim-muassasalari-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing