w w w . s a m a r k a n d . u z

“Muhim tadbirlardan biri — O‘zbekistonning investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokamasidir” Misr OAV Samarqanddagi YETTB yig‘ilishi haqida

“Muhim tadbirlardan biri — O‘zbekistonning investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokamasidir” Misr OAV Samarqanddagi YETTB yig‘ilishi haqida

Misrning “Sada al-Balad” axborot agentligi veb-sahifasida 16-18 may kunlari 

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilari kengashining navbatdagi Yillik anjumani to‘g‘risidagi axborot chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ta’kidlanishicha, mazkur tadbirda 73 davlatdan 2 mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, yetakchi xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida o‘tkazilajak tadbir YETTBga o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlarini tahlil qilish va istiqbolga rejalar belgilash imkonini beradi.
Yig‘ilish asosiy tadbirlaridan biri «O‘zbekistonning investitsiyaviy istiqbollari to‘g‘risida»gi sessiya bo‘ladi. Unda mamlakat iqtisodiyotining kutilayotgan o‘sish sur’atlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilinadi, deb yozadi “Sada al-Balad” axborot agentligi.

Kiritilgan vaqti: 16/05/2023 12:49.   Ko‘rilganligi: 280
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/muhim-tadbirlardan-biri-ozbekistonning-investitsiyalarni-jalb-etish-imkoniyatlari-muhokamasidir-misr-oav-samarqanddagi-ettb-yigilishi-haqida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.