w w w . s a m a r k a n d . u z

Muhim muzokaralar, yangi imkoniyatlar: Samarqand viloyati delegatsiyasi AQSHda

Muhim muzokaralar, yangi imkoniyatlar: Samarqand viloyati delegatsiyasi AQSHda

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash sohasi vakillaridan iborat Samarqand viloyati delegatsiyasi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasida ham bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Furqat Sidiqov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, xorijdagi vatandoshlarning bilim va tajribasidan samarali foydalanish, yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqotlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani, bu jarayonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xorijda yashayotgan vatandoshlarning salohiyatini Vatan taraqqiyotiga yo‘naltirish, ularning tajribasi va imkoniyatlarini hududlar rivojiga jalb etish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati delegatsiyasi Islamic Relief USA tashkiloti hamda Project C.U.R.E. loyihasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda viloyat tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy jihozlar va zarur vositalar bilan ta’minlash, gumanitar tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish hamda mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Kiritilgan vaqti: 29/08/2026 21:14.   Ko‘rilganligi: 13
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/muhim-muzokaralar-yangi-imkoniyatlar-samarqand-viloyati-delegatsiyasi-aqshda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing