w w w . s a m a r k a n d . u z

Muborak kunlarda keksalar holidan xabar olindi

Muborak kunlarda keksalar holidan xabar olindi

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik fazilatlarini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilish xalqimizga xos fazilatlardan biri.

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, akademik marhum Botirxon Valixo‘jayev xonadonida bo’lib, uning rafiqasi Xadicha Vafoyeva holidan xabar oldi. Uchrashuvda muborak Ramazon oyining fayz va tarovati, inson qadrini ulug‘lash, o‘zaro hurmat, do‘stlik muhitini mustahkamlash haqida suhbatlashildi. 

Akademik Botirxon Valixo‘jayevning bosib otgan yo‘li yod etildi. – Bugungi e’tibordan juda xursandman, hamisha davlatimiz, xalqimiz, e’tiborida ekanligimizdan, mehnatlarimiz qadrlanib, biz kabi faxriylar e’zozlanayotganidan minnatdormiz,- deydi Xadicha Vafoyeva.
Shuningdek, viloyat rahbari Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muslihiddin Muhiddinov holidan ham xabar oldi. Albatta, hayit ayyomlarida keksalar holidan xabar olish xalqimizning ezgu qadriyatlaridandir. Shu sababli nuroniylarni e’zozlash, hurmat ko‘rsatish va qutlug‘ kunlarda ularning duolarini olish biz uchun muhimdir,- dedi viloyat rahbari Adiz Boboyev uchrashuvda.
O‘z navbatida, Muslihiddin Muhiddinov bunday eʼtibordan mamnun ekanligini bildirdi.

Oxirgi o‘zgarish: 31/03/2025 10:11.   Ko‘rilganligi: 96
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/muborak-kunlarda-keksalar-holidan-xabar-olindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing