Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamrohligida Samarqandga keldi.
Samarqand temiryo‘l vokzalida mehmonlarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.
Misr delegatsiyasi dastlab Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi. Mehmonlarga buyuk jahongirning qudratli davlati, sohibqiron va temuriylar tomonidan Movarounnahr, xususan, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari, mazkur maqbaraning tarixi haqida ma‘lumot berildi.
Registon majmuasi bilan tanishuv chog‘ida bu yerda Mirzo Ulug‘bek va Bahodir Yalangto‘sh tomonidan qurdirilgan madrasalar, ularni asrab-avaylash borasida bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Misr Arab Respublikasi Senati raisi Hazrati Xizr majmuasiga borib O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi.
Mehmonlar Bibixonim masjidi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarda ham bo‘lib, ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini e’tirof etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.