w w w . s a m a r k a n d . u z

"Mir" teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

"Mir" teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev «Mir» teleradiokompaniyasi rahbari Radik Batirshin bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda ijtimoiy va madaniy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida Samarqandning boy madaniy merosi va tarixiy obidalarini xalqaro darajada targ‘ib etish, shu orqali turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z bordi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida shaharning madaniy hayoti, tarixiy yodgorliklari va turistik salohiyatini yorituvchi qo‘shma medialoyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishib olindi.

Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2025 09:17.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/mir-teleradiokompaniyasi-bilan-hamkorlik-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing