w w w . s a m a r k a n d . u z

Minsk shahrida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Minsk shahrida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasiga bordi.

Minsk shahrida «Belinvestbank» OAJ Boshqaruvi raisi Oleg Kozaredov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiyaviy va ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati tomonidan chorvachilik, to‘qimachilik va mebel sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turizm hamda sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar taqdim etildi.
Shuningdek, «Belinvestbank»ning qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish, lizing va uskunalar yetkazib berishni moliyalashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo‘shma investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 12/08/2026 11:06.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/minsk-shahrida-investitsiyaviy-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing