Prezident qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar:
tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini Eksportni ragʼbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʼyilgan meʼyor koʼrsatkichi 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;
yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʼyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʼp boʼlmagan qismi Eksportni ragʼbatlantirish agentligi mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi;
1-ilovaga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʼllaniladi.
Shuningdek, Prezidentning 2021-yil 21-iyundagi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʼzbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qoʼllanilishi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.