
Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimga samarqandlik jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari va matbaachilar, soha faxriylari taklif etildi.
Dastlab ijodkor shahardagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida ulug‘ alloma haykali poyiga gullar qo‘ydilar.
Viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev dramasi asosida sahnalashtirilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” spektakli namoyish etildi.
Shundan so‘ng o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev tadbir ishtirokchilarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning mehnatini e’tirof etdi.
– Sizlar faqat xabar va yangiliklarni yetkazuvchi emas, balki yurtimizdagi voqea-hodisalarni xalqqa, xalqning dardini esa davlatga yetkazuvchi halollik, xolislik va jasorat timsolisiz – dedi viloyat rahbari. –Ushbu mas’uliyatli va sharafli kasbdagi sof niyat va halol mehnatingiz har qancha e’tirofga loyiqdir. Bugungi raqamli asrda har bir axborot tezlik bilan tarqalayotgan paytda haqqoniy, aniq va xolis ma’lumotlarni tarqatish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotga qarshi kurashish, jamiyat ongini xatarlardan himoya qilish siz, jurnalistlarning zimmangizdagi burchdir. Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbarining bugun sizlarga yo‘llangan tabrigida qayd etilganidek, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘rinli bo‘ladi.
Marosimda bir guruh jurnalist va bogerlar, axborot xizmatlari xodimlari va matbaachilar viloyat hokimligining tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi va viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.