w w w . s a m a r k a n d . u z

Malayziyada "MATRADE" rahbariyati bilan uchrashuv

Malayziyada "MATRADE" rahbariyati bilan uchrashuv

Viloyat hokimi Adiz Boboyev "MATRADE" – Malayziya tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida korporatsiya raisi Reyezal Merikan Naina Merikan bilan suhbat qilindi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollari, eksportni qo‘llab-quvvatlash va mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar.
Ayniqsa, xalqaro ko‘rgazmalar va biznes-forumlar tashkil etish kabi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Malayziyaning yetakchi tadbirkorlari ishtirokida Toshkent va Samarqandda ko‘p tarmoqli savdo va investitsiyaviy missiyalarni tashkil etish taklif qilindi.
Malayziya tomoni hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirib, hududiy kompaniyalarni Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga olib chiqishda ko‘mak berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv konstruktiv va ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Kiritilgan vaqti: 03/04/2026 23:01.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/malayziyada-matrade-rahbariyati-bilan-uchrashuv

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing