w w w . s a m a r k a n d . u z

Malayziya Din ishlari vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi

Malayziya Din ishlari vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Malayziya Din ishlari vaziri, doktor Zulkifli Hasan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar diniy sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Xususan, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashgan Samarqand nafaqat O‘zbekistonning, balki butun islom olamining ma’naviy markazlaridan biri, “Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” ekanligi xususida to‘xtalib, Malayziya va Indoneziya davlatlari aholisi uchun Samarqand buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari yodgorlik majmuasi joylashgan maskan sifatida qadrli ekanini ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qayta ta’mirlangan ushbu yodgorlik majmuasi yaqinda foydalanishga topshirilgani, O‘zbekiston hukumati tomonidan “Umra+” dasturi e’lon qilinib, 2026-yil O‘zbekistonda “Ochiq turizm yili” bo‘lishi, Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni qabul qilish uchun tayyor ekanligi aytildi.
Uchrashuvda “Umra+” dasturi bo‘yicha "Kuala-Lumpur-Samarqand-Jidda" aviayo‘nalishini tashkil etish, ziyoratchilarga Samarqandda bo‘lish paytida mehmonxona, transport va ovqatlanishi uchun 30% gacha chegirma berilishi, Malayziyadagi diniy tashkilotlar xodimlari, diniy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini Samarqanddagi Imom al-Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazida va majmuasida tashkil etish, Imom al-Buxoriy hadisi xatmonasining boshini Kuala-Lumpurda va qolgan yarmini Samarqandda o‘tkazish yuzasidan takliflar bildirildi.
Malayziya tomoni ushbu takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, uni faol amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib oldilar. Mazkur muloqot diniy-ma’rifiy sohadagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Oxirgi o‘zgarish: 03/04/2026 20:09.   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/malayziya-din-ishlari-vaziri-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing