w w w . s a m a r k a n d . u z

“Mahorat sari yangi qadam” 

“Mahorat sari yangi qadam” 

Samarqandda "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini” uchun tashkil etilayotgan mazkur tanlov onlayn videokonferensiya shaklida o‘tkazilib, respublika va barcha hududlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev ishtirokchi yoshlarga omad tilab, bugungi kunda kasb-hunar egallash, malaka va mahoratni oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, tanlov tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.


Kiritilgan vaqti: 26/05/2026 15:13.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/mahorat-sari-yangi-qadam

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing