w w w . s a m a r k a n d . u z

Lombardiya viloyatining O‘zbekistondagi vakili bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Lombardiya viloyatining O‘zbekistondagi vakili bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Italiyaning Lombardiya viloyatining O‘zbekistondagi vakili Marso Farsi bilan uchrashdi.

Muloqotda tomonlar Samarqand viloyati hamda Italiyaning Lombardiya viloyati o‘rtasidagi hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, amaldagi kelishuvlar va qo‘shma loyihalarning hayotga joriy etilishini ko‘rib chiqib, aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratdilar.
Marso Farsi Samarqandda Yevropa bozorlari talablariga javob beradigan mahsulotlarga sertifikat beradigan markazni tashkil etish masalasini aytib o‘tdi. Viloyat rahbari Adiz Boboyev bu ayni kunda muhim ekanligini qayd etib, viloyat hokimligi bu yo‘nalishdagi hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Mazkur markaz ma’lum oziq-ovqat mahsulotlariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Asbob-uskunalar Italiyadan keltirilib, mutaxassislar ham jalb qilinadi. Muloqotda Italiya va O‘zbekistoning qo‘shma dasturi asosida hamshiralarni Italiyadagi shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi borasidagi loyihaning istibollariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarida Samarqand hamda Lombardiya viloyatlari o‘rtasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Kiritilgan vaqti: 02/10/2025 17:04.   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/lombardiya-viloyatining-ozbekistondagi-vakili-bilan-hamkorlik-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing