


Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani markazidagi «Yoshlik» istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga yechim topishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X. Ochilov, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik sudlov hay’ati raisi O. Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S. Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N. Xaydarov hamda viloyatdagi tegishli korxona va tashkilotlarning mas’ullari ishtirok etmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning muammo va murojaatlari, taklif hamda mulohazalari bevosita tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanmoqda.
Murojaatlarni joyida o‘rganish, har bir masalaga qonuniy yechim topish va fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlash sayyor qabulning asosiy maqsadlaridan biridir.
Sayyor qabulda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar o‘z murojaatlarini onlayn tarzda ham yo‘llashlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.