w w w . s a m a r k a n d . u z

Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar majmuasida Samarqand hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi ish boshladi

Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar majmuasida Samarqand hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi ish boshladi

Ko‘rgazma ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, 
navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi viloyatimizning mahalliy sanoati salohiyatini ko‘rsatish, xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ko‘paytirishga, korxonalarimizda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, 2024 yil yakuni bo‘yicha "Sanoat korporatsiyasi sohasida yilning eng namunali korxonasi'', "Mahallaiylashtirish dasturining eng namunali korxonasi", "Sanoat sohasida eng namunali eksportyor korxona", "Yilning eng namunali brendi" nominatsiyalari g‘oliblari taqdirlandi.
Ko‘rgazmada 70 dan ortiq korxonaning 2 mingdan ziyod mahsulotlari, jumladan, turizm, elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, charm-poyabzal sanoati, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, gilam mahsulotlari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi korxonalar hamda oliy ta’lim muassasalari va yoshlarning startap loyihalari, namoyish etilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 17/04/2025 19:30.   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/jomboy-tumanidagi-sof-expo-samarkand-korgazmalar-majmuasida-samarqand-hududiy-tarmoqlararo-sanoat-yarmarkasi-va-sanoatchilar-forumi-ish-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing