Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan
amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2- faza” loyihasi doirasida Samarqand viloyatida 3 ta “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi” tashkil etilishiga ko‘maklashish belgilangan.
“Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari” tadbirkorlarni, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka o‘qitadi, ularga biznes loyihalarini ishlab chiqishga yordamlashadi, biznes g‘oyalarni shakllantirishga ko‘maklashadi, moliyalashtirish yo‘llarini topishga yordam qiladi, ularning tadbirkorlik faoliyati yo‘lga tushib ketguncha murabbiylik qiladi.
Ushbu Loyiha ko‘magi bilan Samarqand viloyatida “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi”ni tashkil etish, faoliyatini olib borish va bundan tijorat faoliyati sifatida foyda olish istagida bo‘lgan nomzodlar o‘z arizalarini joriy yilning 26-iyuniga qadar Samarqand viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan komissiyaga (Manzil: Samarqand sh. Ko‘ksaroy maydoni 1 uy) taqdim etishlari mumkin.
“Biznes inkubator va murabbiylik markazi”ni tashkil etish shartlari, Loyiha tomonidan taqdim etiladigan ko‘maklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ariza namunalari.
Agar siz Samarqand viloyatida o‘z biznes-inkubator va murabbiylik markazingizni tashkil etish va uni barqaror tijorat faoliyatingizga aylantirmoqchi bo‘lsangiz tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
Qo‘shimcha ma’lumot olin uchun: +99890 478 84 44, 99891 548 58 21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.