w w w . s a m a r k a n d . u z

Janubiy Koreyaning "BMT SUPERLOK" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Janubiy Koreyaning "BMT SUPERLOK" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Pusan shahrida joylashgan “BMT SUPERLOK" yuqori texnologiyali fiting va klapanlar ishlab chiqarish kompaniyasida bo‘ldi.

Korxona 1988-yilda metallni qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda esa turli sohalarga yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha uzoq tarixga ega bo‘lgan Janubiy Koreyadagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘z mahsulotiga texnologik quvur klapanlari va ultra yuqori tozalikdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya taqdimotida Samarqand delegatsiyasi vakillariga "BMT SUPERLOK" sanoat yechimlari sohasidagi ishonchli hamkor ekanligi, dunyo bo‘ylab turli mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar va muhandislik kompaniyalari bilan samarali hamkorlik qilishga tayyorligi bildirildi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev kompaniya uskunalariga talab yuqori ekanligini aytib, maqsadli harakatlar natijasida Samarqand viloyatida ham sanoat korxonasini ochish taklifini berdi.
Neft va gaz sanoati, kimyo va neft kimyo sohasidagi hamkorlik va bu uchun Samarqandga qilinadigan investitsiya tez fursatlarda o‘zini oqlashi, innovatsion yechimlar orqali yaratilgan mahsulotlar doimo xaridorgir bo‘lishi haqida so‘z yuritildi.
O‘z navbatida kompaniya vakillari berilgan taklif asosida bajariladigan ishlarni maslahatlashgan holda puxta ishlab chiqilgan loyiha asosida amalga oshirilishi muhimligiga to‘xtalib o‘tishdi. "BMT SUPERLOK" rahbariyati uzluksiz rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sa’y-harakatlari bilan o‘zbekistonlik mijozlarga yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etishga tayyorligini maʼlum qilishdi.

Kiritilgan vaqti: 22/07/2025 10:30.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/janubiy-koreyaning-bmt-superlok-kompaniyasi-bilan-hamkorlik-istiqbollari-korib-chiqildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing