w w w . s a m a r k a n d . u z

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov holidan xabar olindi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov holidan xabar olindi

Shu yilning 19-fevral kuni davlatimiz rahbari “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmon va “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda 

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Farmonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 10 ming AQSH dollaridan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 million so‘mdan, 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga esa 3 million so‘mdan pul mukofotlari berilishi belgilangan.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev Samarqand tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilovga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va sovg‘alar topshirdi.

Kiritilgan vaqti: 12/05/2025 20:47.   Ko‘rilganligi: 134
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchisi-ahad-ochilov-holidan-xabar-olindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing