w w w . s a m a r k a n d . u z

Hamkorlik aloqalarining yangi ufqlari

Hamkorlik aloqalarining yangi ufqlari

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoy Milliy xorijiy davlatlar bilan do‘stlik uyushmasi vitse-prezidenti Szyan Szyan bilan uchrashdi.

Muloqotda davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik tobora rivojlanib borayotgani haqida gapirildi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo aylanmasi oshib borayotgani, Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar evaziga kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, maishiy texnika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
- Biz Xitoy bilan elektrotexnika, qurilish materiallari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz,-dedi viloyat rahbari.
Xitoy Milliy xorijiy davlatlar bilan do‘stlik uyushmasi vitse-prezidenti Szyan Szyan yil sayin rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari nafaqat davlatlarimiz, shu bilan birga Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, joriy yilning 1-iyunidan O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga katta turtki berishini qayd etdi.
- Biz Samarqand bilan hamkorlikka doimo tayyormiz. Viloyat rahbari sanab o‘tgan soha va tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oshirishda yo‘l xaritasi ishlab chiqib, uni amalga oshirishda ishtirok etamiz,- dedi Xitoy Milliy xorijiy davlatlar bilan do‘stlik uyushmasi vitse-prezidenti Szyan Szyan.

Kiritilgan vaqti: 03/06/2025 22:30.   Ko‘rilganligi: 49
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/hamkorlik-aloqalarining-yangi-ufqlari

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing