w w w . s a m a r k a n d . u z

“Grand Swiss 2025” xalqaro turniri g‘oliblari taqdirlandi

“Grand Swiss 2025” xalqaro turniri g‘oliblari taqdirlandi

Samarqandda shaxmat bo‘yicha umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSH dollari bo‘lgan nufuzli musobaqa yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda 39 ta mamlakatdan jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 172 nafar grossmeyster ishtirok etdi.
Turnirning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi Prezidenti Arkadiy Dvorkovich hamda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, musobaqa dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari uchun muhim maydonga aylanib, salmoqli sovrinlarni qo‘lga kiritish va 2026-yilgi da’vogarlar turniriga yo‘llanma olish imkoniyatini berganini eʼtirof etgan holda barcha g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi.
Shundan so‘ng turnir g‘oliblari va barcha sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to‘rt nafar talabgor - erkaklardan niderlandiyalik Anish Giri va germaniyalik Matthias Bluebaum, ayollar orasida esa hindistonlik Rameshbabu Vaishali va FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etgan Kateryna Lagno yuqori o‘rinlarni egalladi va jahon shaxmat tojiga bo‘ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olindi.

Kiritilgan vaqti: 16/09/2025 10:07.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/grand-swiss-2025-xalqaro-turniri-goliblari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing