Viloyat rahbari Bulung‘ur tumani sektor rahbarlari, soha mas’ullari hamrohligida tumanning Gulobod, Zarafshon mahallalaridagi aholi xonadonlari ko‘zdan kechirdi.
Xonadon egalari, nuroniylar va yoshlar bilan suhbatda bo’ldi.
Suhbatlar davomida tumandagi barcha xonadonlar ham o’zining tomorqasidan samarali foydalanmayotganligi, xususan, tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoni bo’lgan bir vaqtda, ayrim aholi tomorqalari hatto haydalmaganligi yoki daromadi past bo’lgan ekin turlari ekib kelinayotganligi tanqid qilindi. Bunda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyiliga amal qilinishi zarurligi, shunda mahallaning ixtisoslashuviga ko’ra bozor shakllanishi ta’kidlandi.
Aholi bilan muloqot jarayonida Gulobod mahallasidagi ta’mirtalab yog’och ustunlarni almashtirish borasida soha mas’ullariga ko’rsatma berildi. Zarafshon mahallasida yashovchi Ubaydullo bobo Valiboyev hamda turmush o’rtog’iga sanatoriyaga yo’llanma berilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.