w w w . s a m a r k a n d . u z

E’LON

E’LON

Aziz Samarqandliklar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida 12-oktabr — 16-oktabr kunlari viloyat hokimi o‘rinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun shaxsiy qabullari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
12-oktabr, dushanba
16:00–18:00 — Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Buranov Sherbek Erkinovich:
13-oktabr, seshanba
16:00–18:00 — Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari -viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig‘i Jabbarov Botir Shukurovich:
14-oktabr, chorshanba
10:00–12:00 — Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tuxtayev Xusen Mirzayevich:
16:00–18:00 — Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Karimov Bobur Boturovich:
15-oktabr, payshanba
09:00–11:00 — Viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Raxmanov Navruz Mexriddin o‘g‘li:
16:00–18:00 — Viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suyunov Jo‘rabek Bahriddinovich;
16-oktabr, juma
16:00–18:00 — Viloyat hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Samiyev Xurshid Jamshidovich.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi.
Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati

Oxirgi o‘zgarish: 12/10/2026 17:15.   Ko‘rilganligi: 50
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/elon302

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing