w w w . s a m a r k a n d . u z

"Ecology Mir Group" bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

"Ecology Mir Group" bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev AQShning "Ekology Mir Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda viloyatda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalariniamalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida zamonaviy ma’lumotlarni qayta ishlash markazi – Data Cyenter tashkil etish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini baholash doirasida markazning texnik salohiyati, elektr energiyasi va suv ta’minoti, aloqa infratuzilmasi hamda axborot xavfsizligi talablarini o‘rganish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, muhokamalar chog‘ida loyihalar bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, investitsiyalar hajmi va moliyalashtirish manbalarini aniqlash, zarur yer maydonlarini belgilash hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash masalalari ko‘rib chiqildi.
Belgilangan loyihalarni izchil amalga oshirish maqsadida mas’ullarni belgilash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida Samarqand viloyatida "Silk grid" raqamli infratuzilma tashabbusini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kiritilgan vaqti: 20/10/2026 14:10.   Ko‘rilganligi: 34
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ecology-mir-group-bilan-investitsiyaviy-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing