w w w . s a m a r k a n d . u z

Dori ishlab chiqarishni mahalliylashtirish - uzoq muddatli bozor strategiyasi

Dori ishlab chiqarishni mahalliylashtirish - uzoq muddatli bozor strategiyasi

Keyingi yillarda mamlakatimiz farmatsevtika sanoati qo‘llab-quvvatlandi, katta mablag‘lar ajratildi, farmatsevtika zonalari tashkil etildi.

Lekin ulardan toʻliq foydalanilmayapti, deydi mamlakat prezidenti. Mahalliylashtirishni kengaytirish, tadbirkorlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini xarid qilishni ta’minlash zarur. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi Samarqand viloyati hokimi huzurida mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilindi. Har bir dori ishlab chiqaruvchi zavodning faoliyati va duch kelayotgan muammolari muhokama qilindi.

- Viloyat importining 16,2% farmatsevtika mahsulotlari tashkil etishini inobatga olsak, dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish qanchalik muhim ekanini anglash qiyin emas, – dedi Erkinjon Turdimov.

Viloyat rahbari shahar va tumanlar hokimliklariga ushbu tarmoq bo‘yciha mavjud korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investorlarni jalb etgan holda yangi farmatsevtika loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 13/03/2024 15:37.   Ko‘rilganligi: 188
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/dori-ishlab-chiqarishni-mahalliylashtirish-uzoq-muddatli-bozor-strategiyasi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.