w w w . s a m a r k a n d . u z

Davlat xizmati samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda

Davlat xizmati samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda

Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Janubiy Koreya Respublikasida davlat fuqarolik xizmatini modernizatsiya qilish, 

kadrlar salohiyatini oshirish (HRD) hamda mahalla institutlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda.

Xizmat safari davomida ilmiy markazlar, davlat idoralari va universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, qator strategik yoʻnalishlarda amaliy muloqotlar oʻtkazmoqda.
Jumladan, Yeungnam universiteti bazasida Koreyaning qishloq va jamoalarni rivojlantirish boʻyicha "Saemaul Undong" modeli tahlil qilindi.
Ushbu tajriba asosida viloyatimiz mahallalarida fuqarolar tashabbuskorligini oshirish va hududiy infratuzilmani yaxshilash imkoniyatlari oʻrganilmoqda.
Inson resurslarini boshqarish, davlat xizmatchilari faoliyatini baholash hamda kadrlar sertifikatsiyasi tizimini joriy etish boʻyicha yetakchi ekspertlarning ma'ruzalari tinglandi.
Sejong shahridagi Personallarni boshqarish vazirligida davlat xizmatchilarini saralash, ularning kasbiy oʻsishini ta'minlash mexanizmlari tahlil qilindi.
Malaka oshirish va xizmat safari doirasida toʻplangan bilimlarga asoslanib, Samarqand viloyati uchun maxsus "Harakatlar rejasi" shakllantirilmoqda.
Olingan xalqaro tajriba va ishlab chiqilayotgan amaliy takliflar viloyatimizda davlat xizmati samaradorligini oshirish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Kiritilgan vaqti: 10/09/2026 11:09.   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/davlat-xizmati-samaradorligini-oshirishga-etibor-qaratilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing