w w w . s a m a r k a n d . u z

Davlat fuqarolik xizmatchilarini bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi

Davlat fuqarolik xizmatchilarini bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hududiy filiali hamkorligida 

Toyloq tumani hokimligi apparat xodimlari va tuman tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilariga Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalari” mazmuni, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) asosida baholash mexanizmlari hamda stress profilaktikasi yuzasidan ma’ruza va trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar davomida bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

O‘quv-seminari davlat xizmatchilarining o‘z ustida ishlashi, boshqaruv salohiyatini yanada kuchaytirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshishiga xizmat qiladi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/06/2025 17:02.   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/davlat-fuqarolik-xizmatchilarini-bilim-va-konikmalarini-oshirishga-qaratilgan-oquv-seminar-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing