w w w . s a m a r k a n d . u z

Bugun erta tongda viloyatimiz mo‘min-musulmonlari muborak Qurbon hayitini katta shukuh bilan qarshi olib, hayit namozini ado etdilar.

Bugun erta tongda viloyatimiz mo‘min-musulmonlari muborak Qurbon hayitini katta shukuh bilan qarshi olib, hayit namozini ado etdilar.

Xususan, Imom Buxoriy majmuasi namozxonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Ushbu muqaddas maskanda nafaqat samarqandliklar, balki turli hududlardan kelgan yurtdoshlarimiz ham jam bo‘lib, ibodat qildilar.
Hayit namozi oldidan viloyat hokimi Adiz Boboyev hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan majmuada yaratilgan sharoitlar yana bir bor ko‘zdan kechirildi.
Namoz avvalida so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov bu yilgi Qurbon hayiti o‘zgacha ruhda o‘tayotganini, unda mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik g‘oyalari ustuvor ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. O‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari, ehson va ko‘maklar jamiyatda o‘zaro birdamlik va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Prezidentimizning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, bemorlar uchun davolanish xarajatlarini qoplash, bepul jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish ishlari izchil olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.
Hayit namozi yakunida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi uchun ezgu duolar qilindi.
Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida Qurbon hayiti munosabati bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va saxovat tadbirlari davom etmoqda.

Kiritilgan vaqti: 27/05/2026 08:01.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bugun-erta-tongda-viloyatimiz-momin-musulmonlari-muborak-qurbon-hayitini-katta-shukuh-bilan-qarshi-olib-hayit-namozini-ado-etdilar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing