w w w . s a m a r k a n d . u z

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun

9-aprel dunyoga mashhur jahongir, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. 

Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun munosabati bilan bugun Samarqanddagi tadbirlar Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati bilan boshlandi.

Shundan so’ng Sohibqiron bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo’yib, hurmat bajo keltirildi.

Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan tadbirlar viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 09/04/2024 10:18.   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bugun-amir-temur-1336-1405-tavallud-topgan-kun369

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.