w w w . s a m a r k a n d . u z

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

9-aprel kuni xalqimizning buyuk tarixiy siymolaridan biri — Amir Temur tavallud topgan kun keng nishonlandi.

Sohibqiron tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovat qilinib, ulug‘ ajdodimiz xotirasi yod etildi. Marosimda viloyat va shahar hokimligi mas’ullari, jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar va nuroniylar ishtirok etdilar.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, unga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar. Tadbirlar davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Sohibqiron siymosi bugungi kunda ham milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va anjumanlar davom etmoqda.

Oxirgi o‘zgarish: 09/04/2026 13:50.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bugun-amir-temur-1336-1405-tavallud-topgan-kun2514

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing