w w w . s a m a r k a n d . u z

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Bugun Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

9-aprel dunyoga mashhur jahongir, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. 

Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun munosabati bilan Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so’ng hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari, Markaziy Harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talabalar Sohibqiron bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo’yib, hurmat bajo keltirishdi.

Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan joylarda turli tadbirlar davom etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 09/04/2025 10:03.   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bugun-amir-temur-1336-1405-tavallud-topgan-kun

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing