Ushbu sana 74 yildan buyon butun dunyoda bayram qilib kelinadi.
Aslida 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligiga bag’ishlangan Butunjahon konferentsiyasida ta’sis etilgan. Lekin, oradan 25 yil o’tib, ya’ni 1950-yildan bayram sifatida nishonlana boshlangan.
Aniqrog’i, 1949-yilda Parijda ayollarning xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo’lib o’tadi. Kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo’lgan tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangraydi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning sog’liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.
1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to’g’risida Konventsiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to’g’risida yozilgan.
Har yili 1-iyun yurtimizda katta bayram sifatida nishonlanadi, barcha bolajonlar ardoqda bo’ladi. Bu yil ham bolajonlar uchun barcha attraktsionlar, o’yingohlar ochiq, turli maroqli tadbirlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.