w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirokida “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilgi rejalar” mavzusida brifing 

Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirokida “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilgi rejalar” mavzusida brifing 

2023-yilda moddiy madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ’ib qilish, davlat reestri, elektron katalogi,

pasporti va davlat kadastrini yuritish qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada doimiy ravishda davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida joylarga chiqilib o‘rganishlar o‘tkazildi. Jumladan:

832 ta madaniy meros ob’ektlar qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazilib, ekspertiza ishlari 100 foizga (1607 ta) bajarildi.

818 ta ob’ektlarning pasportlari shakllantirilib, madaniy meros ob’ektlarining pasportlari 100 foizga (1607 ta) bajarildi.

707 ta madaniy meros ob’ektlarini muhofaza belgilari belgilanib, 90 foizga (1442 ta) bajarildi.

Viloyatda 2023-yilda restavratsiya va qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros obyektlarining manzilli ro’yxati bo’yicha 22 ta, Registon ansambli, Bibi-Xonim majmuasi, Saroymulkxonim maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Amir Temur majmuasi, Ashratxona maqbara majmuasi, Maxdumi Xorazmiy masjidi majmuasi, Ruhobod majmuasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Oq Saroy maqbarasi, Mirvafoboy uyi turar joy binosi, Bahodir Yalangtushbiy masjidi, Qo‘sh Xavuz masjidi, Sobiq Avliyo Georgiy cherkovi binosi, Xon Said Imom masjidi, Xoja Said Ahmad masjidi, Zarafshon daryosidagi qadimiy ko‘prik, Qalandarxona masjidi, Begidjon Guzar masjidi, Arab ota maqbarasi, Olim Shayx masjidi va Sherozqal’a arxeologik yodgorligi madaniy meros ob’ektlari restavratsiya va qurilish-ta’mirlash ishlariga 15 810,0 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

9 ta madaniy meros ob’ektlarida jumladan, Registon ansambli, Saroymulkxonim maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ashratxona maqbara majmuasi, Ruhobod majmuasi, Mirvafoboy uyi turar joy binosi, Bahodir Yalangtushbiy masjidi, Qo‘sh Xavuz masjidi va Sobiq Avliyo Georgiy cherkovi binolarida restavratsiya va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand tarixiy markazi hududda o‘z boshimchalik bilan olib borilayotgan qurilishlar aniqlanib, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Samarqand shahrining tarixiy va muhofaza xududidagi har turdagi qurilish va xo‘jalik ishlari viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

2023-yilda 78 ta noqonuniy qurilish ishlari aniqlangan bo‘lib, shulardan 28 tasiga ogohlantirishlar berilib, qurilish ishlari to‘xtatildi. Ogohlantirish xatidan keyin ham qurilish ishlarini davom ettirgan 22 ta holat yuzasidan ma’muriy javobgarlik masalasi belgilandi. 2 ta holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha viloyat prokuraturasiga hujjat taqdim etib borilmoqda.

2024-yilga mo‘ljallagan sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar

2024-yilda 8 ta ro‘yxatga olingan madaniy meros ob’ektlari jumladan, Madrasai Safed majmuasidan saqlangan bino-inshootlar, Xavosi majmuasi, Xon Said Imom majmuasi, Mullo Qalandar majmuasi, Toshkandi Mullo Qosim majmuasi, Labi G‘or majmuasi, Qozi Abdurasul majmuasi, Dekcha biryon majmuasi va Iymon (ilgarigi Mugambir) masjidida restavratsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/02/2024 08:57.   Ko‘rilganligi: 194
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/brif7

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.