w w w . s a m a r k a n d . u z

Boshqirdistonlik tadbirkor bilan bitum ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi

Boshqirdistonlik tadbirkor bilan bitum ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Boshqirdiston Respublikasidagi «BITUM» MCHJ hamta’sischisi Dmitriy Donsov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar hududda bitum ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, yo‘l qurilishida neft bitumlari va zamonaviy bog‘lovchi materiallarni ishlab chiqarish masalasiga e'tibor qaratildi.
Dmitriy Donsov ishni tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish maydonida boshlashni taklif qildi. Bu esa korxonani ishga tushirish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishi va keyinchalik ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Loyihaning texnologik hamkori sifatida «BITUM» MCHJ zavodi ishtirok etadi. U Rossiyada yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, yillik tushumi 13,7 milliard rubldan ortiqni tashkil qiladi.
Viloyat rahbari tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, sifatli yo‘l materiallarga ehtiyoj borligini ta’kidladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bir qatorda, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Rossiyalik mutaxassislar mahalliy loyihachilarni innovatsion "Superpave" tizimi asosida ishlashga o‘rgatadi. Bu tizim sifatli asfalt-beton qorishmalari tayyorlash imkonini beradi.
Ushbu loyihani amalga oshirish Samarqand viloyatining sanoat salohiyatini mustahkamlashi va yo‘l qurilishi sohasini zarur materiallar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Kiritilgan vaqti: 10/04/2026 20:00.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/boshqirdistonlik-tadbirkor-bilan-bitum-ishlab-chiqarishni-yolga-qoyish-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing