w w w . s a m a r k a n d . u z

“Biznes-portal” orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati ko‘rib chiqildi

“Biznes-portal” orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 306-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kichik biznesni doimiy qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi, ya’ni, biznes-portal faoliyati yo’lga qo’yilgan edi.

Joriy yilning 1-fevral holatida Samarqand viloyati tadbirkorlari tomonidan 4 mingta ariza berilgan bo‘lsa, shundan 2 ming 100 tasi ijobiy hal etilgan. Yuborilgan murojaatlar hokim yordamchilari tomonidan tasdiqlangan so‘rovnoma asosida tashabbuskorlarning mezonlarga muvofiqligi maqsadli o‘rganilib, tijorat banklarida tuzilgan komissiyalarga natijalari taqdim etilgan.

Biroq, banklarga yuborilgan 1730 ta arizalarning 541 tasi turli sabablarga ko‘ra rad etilgan va atigi 119 tasi bo’yicha ijobiy xulosaga kelingan. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tijorat banklari rahbarlari va mutasaddilari ishtirokidagi o’tkazgan muhokamasida shular haqida so‘z bordi.

Har bir rad etilgan ariza bo‘yicha bankirlarning hisobotlari tinglandi.

Ijobiy baho olgan 162 nafar tadbirkorga Biznesni rivojlantirish banki tomonidan malaka oshirish va sertifikatlar berishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Barcha bosqichlardan o‘tgan uch nafar tadbirkorga 20 kun davomida kredit berilmagan: Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Agro Marokand Gold” MChJ, “Salomatlik” MChJ va Narpay tumanidagi “Doniyorbek Diyora mebel” MChJga.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mas’ul shaxslarga davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar ijrosini jadallashtirish, xususan, kelib tushgan arizalarni shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rib chiqish, ta’limga kreditlar ajratish va sertifikatlar berish va boshqa holatlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 21/02/2024 14:00.   Ko‘rilganligi: 399
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/biznes-portal-orqali-kelib-tushgan-murojaatlar-ijro-holati-korib-chiqildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.