w w w . s a m a r k a n d . u z

"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining joriy yilgi mavsumiga start berildi

"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining joriy yilgi mavsumiga start berildi

Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining 2026-yilgi mavsumining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida tashkil etilgan studiyadan viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i D.Azizova, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J.Nurmanov hamda hamkor tashkilot vakillari, sport taʼlim muassasalari mutaxassislari, yoshlar yetakchilari, trener-murabbiylar, yoshlar va sportchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyatimiz mahalla yoshlari nomidan so'zga chiqqan Lutfiya Berdiyeva "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining yengil atletika bo'yicha o'tgan yili o'tkazilgan musobaqalarida Paxtachi tumani Suluvqo'rg'on mahallasi jamoasi birinchilikni qo'lga kiritgani, bu yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini ta'kidlab, joriy yilgi musobaqalarda ham barcha yoshlarga omad tiladi.


Kiritilgan vaqti: 22/02/2026 10:34.   Ko‘rilganligi: 108
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/besh-tashabbus-olimpiadasi-sport-musobaqalarining-joriy-yilgi-mavsumiga-start-berildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing