w w w . s a m a r k a n d . u z

Barqaror rivojlanish va shaharsozlik sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Barqaror rivojlanish va shaharsozlik sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Xabitat) shaharsozlik bo‘yicha ekspert Katya Shefer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududning barqaror rivojlanishi, master-reja tayyorlash va urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Unda hududiy rejalashtirishga tizimli yondashuv, shaharsozlik jarayonlarini samarali boshqarish hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Jumladan, qurilishda ekologik yechimlarni qo‘llash, infratuzilmani rivojlantirish va shahar boshqaruvida xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha muloqotni davom ettirish va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 03/03/2026 09:50.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/barqaror-rivojlanish-va-shaharsozlik-sohasida-hamkorlik-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing