w w w . s a m a r k a n d . u z

AQSH davlat kotibi Samarqandga keldi

AQSH davlat kotibi Samarqandga keldi

AQSH davlat kotibi Marko Rubioni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Marko Rubio Samarqandda “Markaziy Osiyo – AQSH” (C5+1) formatidagi vazirlar uchrashuvida mintaqadagi hamkasblari bilan AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.



Shuningdek, ertaga Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda qatnashish uchun ikki yuzdan ortiq amerikalik tadbirkorning O‘zbekistonga kelishi AQSH biznes vakillarining mamlakatimizga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.


Oxirgi o‘zgarish: 19/10/2026 09:10.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aqsh-davlat-kotibi-samarqandga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing