


Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Ko‘ksaroy qarorgohidagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng Samarqandga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamrohligida qadimiy va hamisha navqiron kentga kelgan yuksak martabali mehmonni Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat rasmiylari kutib oldi.

Albaniya Prezidenti Samarqand bilan tanishuvni ziyoratdan boshlash uchun Imom Buxoriy majmuasiga yo‘l oldi. Tashrif doirasida mehmonlar Samarqanddagi boshqa tarixiy obidalar bilan ham tanishadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.