w w w . s a m a r k a n d . u z

Aholi tomorqa va ijara yerlaridan qanday foydalanmoqda?

Aholi tomorqa va ijara yerlaridan qanday foydalanmoqda?

Samarqandda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari o‘tkazilmoqda

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, sharoiti og‘ir 71 ta tuman hokimlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Markaziy bankning hududiy boshqarmalari boshliqlari, har bir hududdan 10 nafardan og‘ir ahvoldagi 1024 ta mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilari va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Seminar ishtirokchilari dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Samarqand tumani Sho‘rboyicha mahallasida aholiga ijaraga berilgan yеrlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida sabzi mahsulotini yеtishtirish, ichki bozorga yеtkazib berish va eksportga chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.


Kiritilgan vaqti: 12/02/2025 11:01.   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aholi-tomorqa-va-ijara-yerlaridan-qanday-foydalanmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing