w w w . s a m a r k a n d . u z

Adiz Boboyev Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Adiz Boboyev Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan tor doirada muloqot o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashilib, bu boradagi imkoniyatlardan samarali foydalanish har jihatdan manfaatli ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.
To‘qimachilik, farmatsevtika, metallurgiya va elektrotexnika sanoati, ta’lim va turizm sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, bu borada o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kiritilgan vaqti: 25/07/2025 09:12.   Ko‘rilganligi: 43
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/adiz-boboyev-nara-prefekturasi-gubernatori-orinbosari-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing