w w w . s a m a r k a n d . u z

Adiz Boboyev barcha samarqandliklarni Ramazon hayiti bilan qutladi

Adiz Boboyev barcha samarqandliklarni Ramazon hayiti bilan qutladi

Bugun tongda viloyatimiz mo‘min-musulmonlari muborak Ramazon hayiti namozini ado etdilar.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida hayit namozida qatnashib, barcha samarqandliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
- Bugungi muqaddas bayram barchamizga muborak bo‘lsin. Bu yil Ramazon oyi saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi sifatida viloyatimizda ham munosib o’tkazildi. Oy davomida mehr-muruvvat va saxovat tadbirlari tashkil qilinib, xalqimiz hamjihatligi va totuvligini mustahkamlashga xizmat qildi, - dedi A.Boboyev. - Bu davlatimiz rahbarining kecha xalqimizga yo‘llagan tabrigida ham alohida  ta’kidlandi. Shunday qutlug‘ kunda yuritimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilayman. Ramazon oyida qilgan barcha ezgu niyatlarimiz ijobat bo‘lsin!


Kiritilgan vaqti: 30/03/2025 07:44.   Ko‘rilganligi: 92
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/adiz-boboyev-barcha-samarqandliklarni-ramazon-hayiti-bilan-qutladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing