w w w . s a m a r k a n d . u z

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi.

Unda viloyat faollari, hokimlik va huquq-tartibot organlari xodimlari, harbiylar, nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev tadbir qatnashchilari va ular timsolida barcha samarqandliklarni qutlug‘ sana bilan tabriklab, viloyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari va kelgusi rejalar haqida to‘xtaldi.
Joriy yil 9 oy yakuni bilan viloyatimizning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 87,5 trillion so‘mni yoki o‘sish sur’ati 107,7 foizni tashkil etdi. Bunda, sanoat hajmi 7,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,9 foizga, xizmatlar hajmi 14,1 foizga va qurilish ishlari hajmi 22 foizga o‘sishi ta’minlandi. 2025-yilda iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar hisobiga 1,9 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Shuningdek, qiymati 656 million dollarlik 18 ta yirik va ahamiyatli loyiha amalga oshirilmoqda.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 954,2 million dollarlik 770 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 14 765 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani aytildi.
Yakunlanayotgan yilda viloyatning eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish belgilanib, 10 oyda 848,9 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 36 foizga oshdi.
- Umuman, erishayotgan bu kabi yutuqlarimiz, tinch va osuda hayotimiz, iqtisodiy rivojlanish hamda xalqimiz farovonligi Konstitutsiyamiz va u asosida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi ekanligini barchamiz yaxshi anglaymiz,-dedi viloyat rahbari.
Tadbir samarqandlik taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturi bilan davom etdi.
Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bayram tadbirlari davom etmoqda.

Kiritilgan vaqti: 06/12/2025 13:58.   Ko‘rilganligi: 5
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/8-dekabr-ozbekiston-respublikasi-konstitutsiyasi-qabul-qilingan-kun

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing