Bu yil viloyatda 585 ta mahalla bo‘yicha 588 ta loyiha (obyekt)da qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar ushbu loyihalarning to‘liq smeta-hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, 588 ta loyihadan 6 holatda, shundan 3 ta Nurobod tumani Nurdum va Qo‘rg‘oncha mahallalarida, Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasida yer osti suvi iste’molga yaroqsizligi aniqlangan. Samarqand shahridagi Rasadxona mahallasiga oqova tarmog‘i tortish belgilangan shartlarga to‘g‘ri kelmagan. Obod maskan va Samarqand tumani Qozi ariq mahallasida boshqa manbalar hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur 6 ta loyihani manzilli dasturdan chiqarib, ular uchun ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘larni ichimlik va oqova suv (shu dasturdagi) obyektlarga yo‘naltirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilingan.
Ichki yo‘llar – 296 ta, ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti obyektlari – 183 ta, elektr energiyasi ta’minoti obyektlari – 51 ta, gaz ta’minoti obyektlari - 5 ta va 47 ta boshqa loyihalar bo‘yicha pudrat tashkilotlari aniqlanib, shartnomalar imzolangan va qurilish ta’mirlash ishlari boshlangan.
Bugungacha viloyat bo‘yicha ushbu loyihalar doirasida 122,2 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan, 23 ta loyiha foydalanishga topshirilgan.
Jumladan, 7 ta ichki yo‘llar, 1 ta ichimlik suvi ta’minoti obyekti (Nurobod tumani Yuksalish mahallasiga bitta maxsus suv tashish texnikasi xarid qilindi), 10 ta elektr energiyasi ta’minoti obyekti va 5 ta gaz ta’minoti obyekti (Nurobod tumani Jom va Narpay tumani Salovat mahallasi gaz ballon bilan ta’minlandi. Samarqand shahri Muliyon, Xo‘ja Yusuf mahallasi va Bulung‘ur tumani Yangiariq mahallasida gaz tarmoqlarini joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.