w w w . s a m a r k a n d . u z

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev ta’lim sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish yo‘lidagi fidokorona, sharafli va mas’uliyatli mehnatini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, taʼlim sohasidagi islohotlar natijalari, yoshlarning ilm-fan, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari xususida so‘z yuritildi.
Bayram tadbirida bir guruh faol va tashabbuskor o‘qituvchilar, turli sohalarda samarali mehnat qilgan faxriylar viloyat hokimligining tashakkurnoma hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir viloyatimiz san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Kiritilgan vaqti: 30/09/2026 19:39.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/1-oktabr-oqituvchi-va-murabbiylar-kuni-keng-nishonlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing