w w w . s a m a r k a n d . u z

Oqdaryo tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

.

Oqdaryo tumani hokimligi xodimlari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining  mazmun va mohiyatini tushuntirish hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida” yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Yig‘ilishda viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri Olmos Yazdanov, viloyat hokimligining Yuridik xizmati rahbari N.Normatova, Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Abdullo Tuychiyev, Viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Raximov hamda Viloyat Adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Orif Muhammadiyevlar ishtirok etishdi.


Mazkur yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining mazmun va mohiyati tuman hokimligi hamda tuman tashkiloti rahbarlariga tushuntirildi.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda so‘ngi yetti yilda Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va qat’iy siyosiy idoralari bilan ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va qisqa fursatda korrupsiyaga batamom chek qo‘yish bo‘yicha ham huquqiy ham tashkiliy jihatdan choralar ko‘rilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Ushbu yig‘ilishda, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida hokimlik xodimlari tomonidan ham korrupsion jinoyatlarning sodir etilishiga ham to‘xtalib o‘tildi hamda sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlari haqida to‘liq maʼlumotlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 15/07/2024 12:13.   Ko‘rilganligi: 112
 
Material manzili: https://samarkand.uz/oqdaryo-tuman-hokimligida-ozbekiston-respublikasining-2024-yil-5-iyundagi-manfaatlar-toqnashuvi-togrisidagi-931-sonli-qonunining-mazmun-va-mohiyatini-tushuntirish-mavzusida-yigilish-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.