w w w . s a m a r k a n d . u z

Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlarida turizm hududlarini belgilash to‘g‘risida

Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlarida turizm hududlarini belgilash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-sonli qarorining 4-bandiga asosan viloyatning Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlar ro‘yxatiga kiritilishi belgilangan.

Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovning 2023-yil 1-apreldagi (242/01-30-son) bildirgisi, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda viloyat Iqtisodiy va moliya bosh boshqarmasining birgalikdagi xulosasiga asoslanib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, sakson yettinchi sessiyasi

QAROR    QILADI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-455-sonli qarorining 4-bandiga asosan viloyatning Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlar ro‘yxatiga kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlaridagi mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan turizm hududlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining o‘rinbosari (R.Qobilov), Samarqand (S.Usmanov), Payariq (Z.Ergashev) va Toyloq tumanlari hokimliklari (B.Bobonazarov) bir hafta muddatda turizm hududlarining salohiyatidan kelib chiqib ularni rivojlantirish bo‘yicha turizm yo‘nalishlarini (eko, agro, gastronomik, plyaj va boshqalar) belgilasin.
  3. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi (L.Xamidov), “O‘zGAShKLITI” DUK Samarqand filiali (T.Norchayev) hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish uchun tegishli hujjatlarni shakllantirsin va turizm hududlarining topografik suratlarini tayyorlasin.
  4. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov), Samarqand (S.Usmanov), Payariq (Z.Ergashev) va Toyloq tumanlari hokimlari (B.Bobonazarov) mazkur qarorga asosan joriy etiladigan maxsus soliq rejimi bo‘yicha qo‘llaniladigan soliq stavkalarini ilovada keltirilgan hududlarda joriy etilishini ta’minlasin.
  5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (A.Anvarov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishi hamda viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtilishini ta’minlasin.
  6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) va xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikii rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) zimmasiga yuklatilsin.
  7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Kengash raisi                                       Э.Турдимов

Samarqand  shahri, 2023-yil 15 - iyun   VI-87-55-7-0-K/23

Qarorni yuklab olish (PDF 1,3 МB)


Oxirgi o‘zgarish: 30/10/2023 10:59.   Ko‘rilganligi: 228
 
Material manzili: https://samarkand.uz/mehmonxona-joylashtirish-savdo-umumiy-ovqatlanish-kongilochar-turoperator-va-turagent-xizmatlarini-korsatayotgan-tadbirkorlik-subyektlari-uchun-maxsus-soliq-rejimi-joriy-etiladigan-payariq-samarqand-va-toyloq-tumanlarida-turizm-hududlarini-belgilash-togri

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.