Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2019 yil 16 dekabrdagi "Samarqand viloyatining 2020 yilgi mahalliy byudjeti to‘g‘risida"gi 419/68-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VI chaqiriq
XX sessiyasi QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2019 yil 16 dekabrdagi "Samarqand viloyatining 2020 yilgi mahalliy byudjeti to‘g‘risida"gi 419/68-sonli karori “Zarafshon” gezetasi 2019 yil 19 dekabr 159 (23, 278-son) 3-ilovasiga ilovaga muvofiq ko‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Shaharlar va tumanlar hokimliklari, hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratilgan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), “Ovozi Samarqand” gazetasi (B.Rahmonov) mazkur qarorni o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.O‘roqov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi E.Turdimov
2020 yil 29 dekabr
№138/20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.